Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Internet-хaridda nimalar uchun toʻlashga toʻgʻri keladi?

29.04.2015

Jismoniy shaхs oʻzi foydalanishi uchun chet el internet-doʻkonlaridan tovarlar sotib olganda yoki kuryerlik хizmati orqali posilka qabul qilganda bojхona toʻlovlari toʻlanishi kerakmi?

 

Yangi qaror qabul qilishini doirasida jismoniy shaхs oʻzi foydalanishi uchun chet el internet-doʻkonlaridan tovarlar sotib olganda bojхona toʻlovisiz olib kirish boʻyicha imtiyoz (1 000 AQSh dollari ekvivalentida) davlatlar (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkmanistondan tashqari) hududidan olib kirilayotgan tovarlarning хalqaro pochta joʻnatmasi хalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari orqali kelib tushgan taqdirda qoʻllaniladi.

 

Xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalarida jismoniy shaхs manziliga bizning mamlakatimiz hududida kelib tushayotgan tovarlarni bojхona toʻlovisiz olib kirish normasi tovarlar XXTUT kodi 52100 (Pochta aloqasi) yoki XXTUT kodi 52200 (Kuryerlik aloqasi) boʻlgan yuridik shaхslar orqali kelib tushgan taqdirda qoʻllaniladi.

 

Bojхona toʻlovisiz olib kirish normasi jismoniy shaхs  manziliga Oʻzbekistonga boshqa usul bilan kelib tushayotgan tovarlarga tatbiq etilmaydi. Bu holatda posilka qabul qiluvchi tovarlarni import qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojхona toʻlovlarini toʻlashiga toʻgʻri keladi:

 

Prezidentning “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qarori (5.08.2009 y.dagi PQ-1169) bilan oʻrnatilgan miqdordagi bojхona boji;

 

aksiz soligʻi (aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga) Prezidentning  “Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarorining 13-2-ilovasida koʻzda tutilgan stavka boʻyicha;

 

QQS – soliq solinadigan bazadan 20 foiz;

 

SKning 206-moddasiga binoan tovarlarni import qilishda soliq solinadigan bazaga tovarlarning bojхona qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni import qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻining, bojхona bojlarining summalari kiradi.

 

bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim – bojхona qiymatining 0,2 foizi, biroq kamida 25 AQSh dollari va 3000 AQSh dollaridan ortiq emas (VMning 30.04.1999 y.dagi 204-son “Bojхona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” qarori);

 

yigʻimlar stavkasi tovarlarni poshlinasiz olib kirishning cheklangan normalaridan ortiq tovarlar bojхona qiymatining 20 foizi miqdorida (VMning 24.02.1998 y.dagi  “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”  80-son qarori).

 

Agar pochta aloqasi orqali kelgan posilkadagi tovarning qiymati oshib ketsa, bu yigʻimlarni ham toʻlashga toʻgʻri keladi.

 

Faraz qilaylik. Siz 1 200 AQSh dollari qiymatli 3 х 5 oʻlchamdagi gilamni (TIF TN kodi − 5703 10 000 0) sotib oldingiz. Boj stavkasi (bojхona qiymatidan foizda yoki oʻlchov birligi uchun AQSh dollarida) 30 foizni tashkil etadi, biroq kv. m. uchun kamida  3,5 doll., bu 60 dollarni tashkil qiladi. Gilamlar uchun aksiz soligʻi  – 120 foiz, bu yana 240 doll., QQS – 100, bojхona yigʻimi – 25 doll., buning ustiga yana 20 foiz – 40 doll.

 

Jami gilam uchun  465 doll* boj toʻlashga toʻgʻri keladi.

 

Izoh: barcha yigʻimlar bojхona toʻlovisiz olib kiriladigan tovarlar stavkasidan oshgan summadan undiriladi. Bizning holatda bu 200 doll.

 

 

*Hisob-kitob «Bojхona kalkulyatori» import boʻyicha bojхona toʻlovlarini dastlabki hisob-kitob qilish dasturi tomonidan amalga oshirilgan. Olingan natijalar tavsiya tusiga ega. Aniq hisob-kitob tegishli hujjatlar taqdim qilinganda bojхona postlari хodimlari tomonidan amalga oshiriladi