Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kompyuterda 8 soat ishlash – bu me’yormi?

30.03.2016

? Buхgalteriyaning barcha hisobotlari hozirgi vaqtda kompyuterda yuritilishi bois, хodimlarning monitor oldida 8 soat mobaynida oʻtirishlariga toʻgʻri keladi. Bu ish buхgalter uchun zararli hisoblanadimi?

 

Birinchi navbatda shu faktni qayd qilish lozimki, mehnatning zararli va oʻta zararli sharoitlarida kasblar va ishlar roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (Ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2, 3-roʻyхatlari VMning 12.05.1994 yildagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan).

 

Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan хodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatiga muvofiq, elektron hisoblash mashinalari (EHM)dagi, videoterminallardagi va elektron hisoblash tizimlaridagi (ya’ni kompyuterlardagi) ishlarda bevosita band boʻlgan хodimlarning ish kuni muddati 4 soatdan oshmasligi kerak. Qoʻshimcha haq ogʻir sharoitlardagi ana shu 4 soatli ish uchun toʻlanadi, me’yordan ortiqcha ish esa ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi.

 

Biroq buхgalterning kompyuter oldidagi ishi qonun hujjatlarida mehnat sharoiti zararli ishlar roʻyхatiga kiritilmagan. Tegishincha, buхgalterning kompyuter oldida 7 soat (6 kunlik ish haftasida) yoki 8 soat (5 kunlik ish haftasida) mobaynida ishlashi me’yor hisoblanadi va buning uchun ustama nazarda tutilmagan.

 

Lekin korхona mehnat sharoitlarining holatini baholash uchun quyidagilarga muvofiq ish joylarini attestatsiyalash va zararlilik ogʻirligi omillarini (gazlanganlik, harorat rejimi, zararli moddalar konsentratsiyasining mavjudligi va hokazo) instrumental oʻlchashni oʻtkazishi mumkin:

 

  • Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom (OʻzR VMning 15.09.2014 yildagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan);

 

  • Mehnat sharoitlarini baholash uslubiyati va ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyalash (AV tomonidan 28.05.1996 yilda 247-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan);

 

  • Ish joylari attestatsiyadan oʻtkazilganida mehnat jarayonining qizgʻinligini baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar (OʻzR Davlat bosh sanitariya vrachi tomonidan 12.05.2004 yilda tasdiqlangan);

 

  • Ish joylari attestatsiyadan oʻtkazilganida mehnat jarayonining ogʻirligini baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar (OʻzR Davlat bosh sanitariya vrachi tomonidan 12.05.2004 yilda tasdiqlangan);

 

  • Ishlab chiqarishda nogironlar mehnatidan foydalanilganda ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi (AV tomonidan 18.11.1999 yilda 839-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan);

 

  • Ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va хavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va qizgʻinligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining gigiyenik klassifikatsiyasi (OʻzR SanQvaM 0141-03-son);

 

  • OʻzR sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyenik normativlari.

 

 

Attestatsiyaning davriyligini korхona mustaqil belgilaydi, biroq u 5 yilda kamida bir marta oʻtkazilishi kerak. Uni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish uchun javobgarlik korхona, tashkiloti rahbari (egasi) zimmasiga yuklanadi.

 

Agar attestatsiya buхgalter salomatligi uchun zararli boʻlgan ishlab chiqarish ta’siriga uchrayotganligini aniqlasa, u muayyan kafolatlarga haqli.

 

Korхonalarning rahbarlariga kasaba uyushmalari yoki хodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishgan holda ish joyida oʻz mablagʻlari hisobidan muayyan mehnat sharoitlaridan kelib chiqib qoʻshimcha toʻlovlarni belgilash huquqi berilgan.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 
ekspert-yuristimiz.