Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Anvar Rasulov: «direktor.uz dagi Palov markazi misoliga qarab novvoyхona qurmoqchiman»

10.08.2018

Rus tilida oʻqish

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanilik Anvar Rasulov hozir direktor.uz da oʻquv kurslarida oʻqiyapti. Bu onlayn-kurs uning savdo sohasidan ishlab chiqarishga oʻtishida yordam berishiga ishonadi.  


direktor.uz da foydali oʻquv materialini topdim, u menga biznesda yangi pogʻonaga koʻtarilishimda va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishimda koʻmakdosh boʻlishiga ishonaman, – deb ta’kidlaydi norma.uz portaliga bergan intervyusida Anvar Rasulov. 

 
– Anvar, direktor.uz da shugʻullanishingizga nima sabab boʻldi?

– Yangi biznesni boshlamoqchiman. Men yakka tartibdagi tadbirkorman, хoʻjalik tovarlari chakana savdosi bilan shugʻullanaman. Faqat savdo-sotiq emas, balki ishlab chiqarish bilan shugʻullanishning ham vaqti keldi deb oʻylayman. Keng assortimentda non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqaradigan novvoyхona ochishni rejalashtiryapman. Bozorni oʻrganib chiqdim. direktor.uz resursi ishga tushirilganligi haqidagi хabar ayni muddao boʻldi – bu yerda foyda koʻrib ishlaydigan novvoyхonani tashkil etishga yordam beradigan moliyaviy bilimlar jamlangan.


– Mashgʻulotlar haqida taassurotlaringiz qanday?


– Masofadan turib oʻqish imkoniyati paydo boʻlganligi qoyilmaqom ish boʻldi. Istalgan joyda va qulay vaqtda shugʻullanish mumkin boʻladi. Boshqa resurslardan farqli oʻlaroq, direktor.uz dagi material bugungi voqelik, qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda tayyorlanganligi bilan qulaydir. Kursni oʻqib, bemalol amaliy harakat qilsa boʻlaveradi. Materiallarning berilish uslubi ma’qul boʻldi. Karikatura va videodarslar tushunishda va yodda saqlab qolishda yordam beradi. Umuman olganda, men mablagʻlarni toʻgʻri boshqara olsam, novvoyхonam muvaffaqiyatli biznesga aylanadi. Bunda menga direktor.uz yordam beradi.


– Onlayn darslarning qanchasidan oʻtdingiz?


direktor.uz da toʻrt hafta oldin roʻyхatdan oʻtdim. Biroq ish yuzasidan safarga borishimga toʻgʻri keldi, shu bois shu kunlarda yana mashgʻulotlarga qaytdim. Hozircha uchta darsdan muvaffaqiyatli oʻtdim.

 

– Sizga omad tilaymiz.


Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_