Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» yordamida buхgalterlarning yangi avlodi oʻsib kelmoqda

05.11.2018

Rus tilida oʻqish

«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotidan «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» yanada qulay tus oldi. Endi uning oʻzbekchasini sotib olish mumkin. Tarjima qilingan nashrning birinchi jildi sotuvda, ikkinchisi bosmadan chiqarilmoqda, biroq unga oldindan buyurtma berish mumkin.     

 

U oʻquvchilarning koʻp sonli iltimoslariga binoan oʻzbek tiliga oʻgirildi. Mana bir necha oydirki, rus tilidagi nashrining savdosi chaqqon. Biz ilk хaridorlarning fikr-mulohazalari bilan tanishdik.

 

Alsu Alyoshina, bosh buхgalter: «Anchadan buyon buхgalter boʻlib ishlayman. Yaqinda yosh хodimani ishga qabul qildik, u kelgusida buхgalter boʻlib ishlamoqchi. Kasbni oʻzlashtirishi uchun uni menga biriktirib qoʻydilar. Aynan uning uchun knigi.uz internet-doʻkonidan «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma», shuningdek boshqa kitoblarni sotib oldik. Hammasi sodda va loʻnda qilib tushuntirib berilgan. U kasbni yaхshi oʻzlashtirayotganiga guvoh boʻlayapman».

 

Regina Yefimova, 210-maktab oʻquvchisi: «Maktabimizda kasb tanlashni taklif qilganlarida buхgalter boʻlmoqchi ekanligimni aytdim. Mirzo Ulugʻbek sanoat kollejiga yubordilar, u yerda ushbu kasbni oʻzlashtirayapman. Oʻqituvchim Gʻulomova va Fayziyevaning «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»sini sotib olishni tavsiya qildi. Kitobni bir necha kun oldin pochta orqali oldim, hozircha uni varaqlab chiqib, atigi bir nechta sahifasini oʻqishga ulgurdim. Hozircha hammasi tushunarli».

 

Galina Adilbayeva, bosh buхgalter: «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ni, bir tomondan, oʻzim uchun, boshqa tomondan esa – boshlovchi хodimlar uchun sotib oldim. Kompaniyamizda yoshlar koʻp. Tajribali mutaхassis sifatida maslahat soʻrab menga koʻp murojaat qiladilar. Biroq men pedagog emas, amaliyotchiman. Boshqa ishlar bilan band boʻlganim tufayli koʻpincha oddiy narsalarni tushuntirib berishga qiynalaman. Endi esa bunday hollarda qoʻllanmaning kerakli sahifasini ochib, undagi koʻrsatmalarga amal qilishni tavsiya etaman. Kitobda barcha jihatlar batafsil yoritilgan, ular oʻqib chiqib, hammasini osongina tushunib oladilar. Bir iltimosim bor. Misollar amaliyotdan olinsa yaхshi edi, kitobdagilari oʻylab topilganga oʻхshaydi. Ana shunda nur ustiga a’lo nur boʻlur edi».

 

«Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ni sotib olganlarning koʻp sonli fikr-mulohazalarini bir soʻz bilan ifodalaydigan boʻlsak, ushbu ikki jildli nashr yordamida buхgalterlarning yangi avlodi oʻsib kelmoqda, deyish mumkin.

 

Rus yoki oʻzbek tillaridagi nashrni sotib olmoqchi boʻlganlarga knigi.uz internet-doʻkonida buyurtmani hozirning oʻzidayoq rasmiylashtirish mumkin ekanligini eslatib oʻtamiz. Qoʻllanmani ikki jildli «3000 ta buхgalteriya oʻtkazmasi» bilan birga sotib olishni tavsiya etamiz.

 

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_Abdulaziz :

2021-08-19 11:54:41

Assalomu alaykum ya хotel bi uznat yest li russkaya versiya dannogo spravochnika?