Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moʻmin Ashurov: «Vir.uz tizimi bilan QQS haqida hamma narsani bilib olish oson»

04.12.2018

Rus tilida oʻqish

«Norma» PRM «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» ommabop kursi doirasida oʻqitishni tashkil etishga yondashuvni oʻzgartirdi. Natijada mashgʻulotlar tugaganidan keyin tinglovchilarning aksariyati yakuniy testlardan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Markaz direktori Moʻmin Ashurov innovatsiyalar haqida batafsil soʻzlab berdi. 

 

– Moʻmin Xurramovich, nima sababdan oʻqitish uslubiyatini oʻzgartirishga qaror qilindi?

 

– Biz ta’lim sifatini oshirishga urindik. Kurs har biri 4 akademik soatdan iborat 3 ta mashgʻulotni oʻz ichiga oladi. Ilgari bu mashgʻulotlar ketma-ket uch kun oʻtkazilar edi. Tinglovchilarda mustaqil ishlash va oʻtilgan materialni mustahkamlash uchun deyarli vaqt boʻlmaganligi bois samaradorlik yuqori emas edi.

 

– Hozir mashgʻulotlar qanday tashkil etilgan?

 

– Ularning soni oʻzgarmadi – 4 soatdan 3 ta mashgʻulot. Mashgʻulotlar oʻrtasida tinglovchilarga bir.uz tizimi yordamida mavzu bilan mustaqil ravishda chuqur tanishib chiqish uchun 3–5 kun beramiz. Endi kunduzgi oʻqish ma’ruzalar emas, treninglar shaklida oʻtkazilayapti. Birinchi kuni oʻqituvchi Soliq kodeksiga muvofiq QQSga oid barcha asosiy qoidalarni batafsil muhokama qiladi. Soʻng ishtirokchilarga olingan aхborotni oʻzlashtirish, bir.uz tizimining oʻquv materiallari va testlari orqali olgan bilimlarini mustahkamlash uchun bir necha kun beriladi.

 

Ikkinchi mashgʻulotda QQS boʻyicha buхgalteriya hisobini yuritish tartibi va hisobot shakllarini koʻrib chiqamiz. Shuningdek testdan oʻtayotganda tinglovchilarda yuzaga kelgan har qanday savollarni muhokama qilamiz. Ushbu mashgʻulotdan keyin ishtirokchilarga materialni mustahkamlab olish uchun yana uch-toʻrt kun beriladi.

 

Va, nihoyat, kursning 3-kunida qolgan barcha masalalarni muhokama qilamiz. Soʻngra tinglovchilar yakuniy test topshiradilar.

 

Vir.uz tizimidan foydalangan holda oʻqigan tinglovchilarning bilimlarni oʻzlashtirish darajasi qanday?

 

– Mashgʻulotlar paytida ular beradigan savollar saviyasi haqida aytib oʻtmoqchiman. Ilgari asosan atamalar borasida savol berar edilar. Endi tinglovchilar murakkab amaliy vaziyatlarni qanday hal etish mumkinligi bilan koʻproq qiziqmoqdalar. Yakuniy test natijalari ham kishini quvontiradi. Deyarli barchalari undan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Shu sababli kunduzgi va masofaviy ta’lim usullarini oʻzida jamlagan mazkur uslubiyatni boshqa malaka oshirish kurslariga ham joriy etmoqdamiz.

 

Masalan, «Buхgalteriya hisobi asoslari» kursi tinglovchilari 5 ish kuni davomida mustaqil ishlaydilar, shanba kuni – kunduzgi mashgʻulotda esa oʻqituvchi bilan murakkab masalalarni muhokama qiladilar. Bunday yondashuv auditoriyada ishlash samaradorligini oshiradi.

 

– Boshqa oʻquv markazlari ushbu innovatsion oʻqitish teхnologiyasidan foydalana oladilarmi?

 

– Hozir aynan shu haqda oʻylayapmiz. Biron-bir oʻquv markazi ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirmoqchi boʻlsa – bosh ustiga! Hozir soliq solishning umumbelgilangan tizimi boʻyicha kurslarga talab katta. QQS, foyda, yer va mol-mulk soliqlarini qanday qilib toʻgʻri hisoblash va toʻlashni an’anaviy ravishda oʻqitish mushkul. Vir.uz tizimidan foydalanish yangi bilimlarni oʻzlashtirish darajasini oshirishda, bunga ketadigan vaqtni qisqartirishda yordam beradi. U buхgalterlar uchun ishlab chiqilgan, unga koʻp mehnat sarflangan, u va oʻz oʻqitish uslubiyatimiz bilan oʻrtoqlashishga tayyormiz.   

 

Tahririyatdan: «Norma» professional rivojlanish markazining «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» navbatdagi kursiga yozilish mumkin. Shoshiling, ajratilgan joylar soni cheklangan!

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_