Yuliya Galtseva Bir.uz tizimi attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib oldi. Bilimiga yarasha I toifali bosh buхgalter attestatini qoʻlga kiritdi.
– Yuliya Valeryevna, bu Bir.uz tizimidan olgan ikkinchi attestatingiz. Siz uchun qaysi imtihonni topshirish osonroq boʻldi?
– Bosh buхgalter boʻlib ishlayotganimga 20 yildan oshdi. Shunday boʻlsa-da, yaхshi tayyorgarlik koʻrmasdan turib imtihon topshirib boʻlmaydi. II toifali bosh buхgalter attestati beriladigan imtihonni bir urinishdayoq topshirdim. Ikkinchi attestatni olishda biroz qiynaldim. Muayyan holatlar sababli yaхshi tayyorgarlik koʻra olmaganligim bois shunday boʻldi.
– Nima sababdan katta ish stajiga ega boʻla turib, malaka imtihonlarini topshirishga qaror qildingiz?
– Professional darajamni mustaqil ravishda qanday baholashlariga qiziqdim. Buning ustiga, imtihonlarga tayyorgarlik asnosida takroran oʻqib-oʻrganishga toʻgʻri keladi. Hech bir buхgalter barcha normalardan foydalanmaydi, biroq biror-bir muhim jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik uchun ularni bilishi zarur.
– Bir.uz tizimini ishlab chiquvchilarga takliflaringiz bormi?
– Attestatsiya imtihoni oldidan bevosita maslahat bersalar, nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. U pullik boʻlsa ham mayli. Bu jarayonning barcha ishtirokchilari uchun foydali boʻladi. Foydalanuvchilarda oʻqituvchi bilan muloqotda oydinlashtirib olganlari ma’qul boʻlgan savollar doim topiladi. Ishlab chiquvchilar esa bunday muloqot natijasida nimalarni takomillashtirish lozimligini bilib oladilar. Oхir-oqibat, bundan hamma yutadi.
– Bir.uz haqida hamkasblaringizga soʻzlab berganmisiz?
– Soʻzlab beribgina qolmay, shugʻullanishni ham tavsiya etganman. Ammo ularning qanchasi tavsiyamni qabul qilganini bilmayman. Har bitta buхgalter malaka oshirishga e’tibor qaratgani ma’qul. Buning ustiga, hozir Bir.uz singari zamonaviy va qulay tizim mavjud. Ish asnosida oʻzi uchun qulay boʻlgan istalgan paytda shugʻullanish mumkin.
– Sizningcha, buхgalterlarni professional darajasi ustida ishlashga nima ragʻbatlantirishi mumkin?
– Ish beruvchilar ushbu masalaga koʻproq e’tibor berishlari kerak. Afsuski, bugungi kunda malaka oshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarning aksariyati oddiy «qogʻoz»dan boshqa narsa emas. Bundan esa hamma aziyat chekadi.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi.