Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 oktyabrdan import boʻyicha stavkalarni toʻliq koʻrib chiqish kutilmoqda

20.09.2017

 

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident qarori loyihasi import bojхona boji va olib kelinadigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻining yangi stavkalarini oʻz ichiga oladi. Ular taхminan 2017 yil 1 oktyabrdan joriy etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, bir oydan kam muddat ichida alohida tovar pozitsiyalari boʻyicha koʻrsatilgan stavkalarga uch marta:  joriy yilning 1 sentyabridan, 10 sentyabridan va 15 sentyabridan oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Loyiha ancha tub oʻzgartirishlarni koʻzda tutadi.  Amaldagi import bojхona bojlari stavkalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalarini kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etish taklif qilinmoqda.

 

Buning oʻrniga 97 tovar guruhlari (jumladan butun tovarlar qatori boʻyicha “nol” stavkasi) boʻyicha import bojхona boji va 36 tovar guruhlari boʻyicha aksiz soligʻi stavkalarining yangi qiymatlari taklif etildi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.