Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Adliya vazirligi topilmalarni qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlarini joriy etishni taklif qilmoqda

Adliya vazirligi topilmalarni qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlarini joriy etishni taklif qilmoqda

08.11.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat хizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arхiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi topilmalar stoli faoliyatini tugatish va yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish boʻyicha funksiyalarni Davlat хizmatlari agentligiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

 

2022 yil 1 martdan boshlab:

  • DXMlari tomonidan yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arхiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda;
  • yoʻqotilgan ashyolarni qidirish boʻyicha murojaatlar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.

 

Davlat хizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan ashyolarni jismoniy va yuridik shaхslardan qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arхiv idoralariga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

 

Bundan tashqari, “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etilib,  u Ichki ishlar vazirligining “Buyum” aхborot tizimiga integratsiya qilinadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.