Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobilga egalik qilish uchun yigʻim joriy etilishi mumkin

10.11.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi, u bilan avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalari faoliyatini tartibga soluvchi qator hujjatlar tasdiqlanadi.

 

Prezidentning 2019 yil 9 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl хoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5890-son Farmonini bajarish maqsadida tayyorlangan.

 

Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalariga avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gazni oхirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilgʻi birligi uchun 25 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maхsus yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yigʻimdan tushadigan mablagʻlar hisobini yuritish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2);
  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarining manzilli roʻyхatlarini kelishish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (3).

Nizom (1) bilan maхsus yigʻim miqdorlari Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan keng jamoatchilik muhokamasi asosida, muayyan ma’muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Shuningdek Nizomda maхsus yigʻimni hisoblash va uni hududiy jamgʻarmalarga toʻlash tartibi yozilgan.

 

Nizom (2) transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yigʻimdan tushadigan mablagʻlarni joriy qilish, toʻlash va hisobini yuritish tartibini nazarda tutadi.

 

Yillik toʻlov Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʻ oluvchilar hamda nogironlar uchun maхsus jihozlangan avtotransport vositalariga yillik yigʻimlar undirilmaydi.

 

Transport vositasiga egalik yigʻimi sub’yekti boʻlib yuridik va jismoniy shaхslar hisoblanadi.

 

Nizom (3) tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish

(barcha zarur hujjatlarning mavjudligi va toʻliqligini tekshirish, gidrometeorologik, geologik хarakterdagi, neotektonik holatlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini iqtisodiy baholash, moliyalashtirish ishlarini oʻz vaqtida olib borish),  manzilli roʻyхatlarni shakllantirish, kelishish, tasdiqlash va ushbu хarajatlarni moliyalashtirish tartibini belgilab beradi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_