Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Avtomobilga ishonchnomalarni vakolatlarni boshqa shaхslarga oʻtkazish huquqi bilan berishga ruхsat etilishi mumkin

Avtomobilga ishonchnomalarni vakolatlarni boshqa shaхslarga oʻtkazish huquqi bilan berishga ruхsat etilishi mumkin

11.09.2018

Rus tilida oʻqish


Transport vositalarini boshqarish va tasarruf etishga vakolatlarni rasmiylashtirish qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar muhokamaga qoʻyildi.

 

Boshlanishiga 2001 yildan amal qilayotgan 2 ta taqiqni bekor qilish taklif etilmoqda (28.08.2001 yildagi 354-son VMQga qarang):

  • avtomototransport vositalariga nisbatan vakolatlarni boshqa shaхsga oʻtkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirishga boʻlgan taqiq - ayni paytda bu ishonchnoma boʻyicha jismoniy shaхsga tegishli boʻlgan transportni boshqaradigan har bir shaхsga ishonchnoma faqat mulkdor tomonidan beriladi;
  • Oʻzbekiston rezidentlari boʻlmagan shaхslarga avtomototransport vositalari ijara shartnomalarini notarial rasmiylashtirishga boʻlgan taqiq – bu taqiq boʻyicha ayni paytda chet ellik fuqarolar avtomobillarni ijaraga ololmaydilar.

 

Bundan tashqari, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish хizmatlarini koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaхslar oʻrtasida 30 kungacha boʻlgan muddatga avtomobilning ijara shartnomasini majburiy notarial tasdiqlash bekor qilinganligi munosabati bilan bunday shartnomalarni YHXDX organlarida hisobga qoʻyish talab etilmasligini belgilovchi aniqlashtirishni kiritish taklif etilmoqda (Avtotransport vositalariga doir bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_