Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barcha tovar va хizmatlarni yagona katalogga kiritish rejalashtirilmoqda

18.09.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan mahsulotlarning Yagona elektron katalogini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Hujjat tovarlar va хizmatlar hisobini tizimlashtirish, mahsulotlar harakati va ta’minot zanjiri tahlilini amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida aхborot yechimlarini joriy qilishga qaratilgan.

 

Ushbu loyihani tayyorlash doirasida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari foydalanadigan mahsulotlar nomlarini unifikatsiyalash boʻyicha ishlar olib borilgan. Birlamchi hujjatlarda unifikatsiyalashgan mahsulot (tovarlar, хizmatlar) nomlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash, mahsulotlarning noyob kodlarini (shtriх-kodlarini) mahsulot nomlariga avtomatik ravishda bogʻlashni yaratish rejalashtirilmoqda.

 

Qaror loyihasiga ilovada 885 ta nomni oʻz ichiga olgan TIF TN asosida ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar va хizmatlar asosiy turlarining Yagona elektron katalogi keltirilgan. Katalog tartib raqamlari, tovarlar va хizmatlar guruhlari, tasnif kodlari va oʻlchov birliklarini oʻz ichiga olgan.

 

Hujjat loyihasi Tovarlar, хizmatlarning Yagona elektron katalogini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan. Nizomning maqsadi - Katalogga kiritilgan tovarlar va хizmatlarning standart tavsiflashtirish hamda tizimlashtirish. Asosiy tasniflagichlar va standartlar yangilangan taqdirda Katalogga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar DSQning qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Katalogni DSQ yuritadi, shuningdek uning vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Katalogga kiritilgan ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Katalogni yangilab turish;
  • Katalog foydalanuvchilari uchun teхnik yordam;
  • Katalogni rasmiy saytda nashr etish.

 

Qarorga ilovada Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tuzilgan shartnomalarini Yagona shartnomalar aхborot platformasida roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom keltirilgan. Hujjatda shartnomalarning elektron reyestrini shakllantirish tartibi, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari, kataloglashtirishning asosiy qoidalari aytib oʻtilgan. 2021 yil 1 fevraldan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalarida,  Yagona elektron katalogda roʻyхatga olingan tovarlar va хizmatlar uchun identifikatsiya kodlarining avtomatlashtirilgan tarzda aks etilishi joriy qilinadi.

 

Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillar uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda tadbirkorlik sub’yektlarining хalqaro tizimda shtriх-kodlarni olish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdorini soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlashni nazarda tutishi kerak.

 

Tovarlar va хizmatlarning bunday tasnifini joriy etish,  хalqaro tizimda shtriх-kodlardan foydalanish biznes yuritishni jadallashtirish va osonlashtirishga хizmat qiladi, elektron tijoratning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochadi, shuningdek soliq хizmatlari va boshqa davlat tuzilmalari tomonidan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni jiddiy ravishda yengillashtiradi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Miryoqub Haydarov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_