Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron hisobotlarni taqdim etish tartibi oʻzgaradimi

26.10.2020

Rus tilida oʻqish

DSQ Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq hizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni taklif qilmoqda.

 

Xususan, Nizomning 8-bandidan ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlanmoqda (qora bilan ajratilgan):

 

8. Hisobot elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda, davlat soliq хizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari hisobotni avtomatik tarzda qabul qilinishini, shuningdek soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani yuborilishini ta’minlaydi.

 

Hisobot dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi.

 

Belgilanmagan shakldagi hisobot taqdim etilganda davlat soliq хizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq toʻlovchiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni koʻrsatgan holda uni maromiga yetkazish uchun qaytaradi.

 

Ushbu oʻzgartirishlar qandaydir oqibatlarga olib keladimi?

 

Ushbu tuzatishlar mantigʻidan har qanday elektron hujjat faqat kameral nazorat qilingandan keyin qabul qilinishi kelib chiqadi. Bu esa, oʻz navbatida, amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmaydimi?

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_