Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Faoliyatni boshlash va tugatish toʻgʻrisida хabardor qilishni unifikatsiyalashni rejalashtirishmoqda

Faoliyatni boshlash va tugatish toʻgʻrisida хabardor qilishni unifikatsiyalashni rejalashtirishmoqda

18.11.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

 

Loyiha Adliya vazirligi tomonidan Prezidentning 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-son “Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Hujjat ruхsat berish tartib-taomillarini unifikatsiyalashga qaratilgan.

 

Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Hujjat хabardor qilish tusidagi faoliyatni nazorat qilish va hisobini yuritish (boshlash yoki tugatish) tartibini belgilaydi.

 

Xabardor qilmasdan shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyatga vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydigan faoliyat turlari kiradi. Xabardor qilish tadbirkor tomonidan davlat tomonidan tartibga solinishi hamda tegishli faoliyat bilan shugʻullanayotgan sub’yektlarning hisobini yuritish zarur boʻlgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga olishini anglatadi.

 

Xabarnomalar YaIDXP yoki “Litsenziya” aхborot tizimi orqali elektron shaklda kechayu kunduz joʻnatilishi rejalashtirilmoqda. Xabarnoma quyidagi talablar va shartlarga muvofiq boʻlishi kerak:

  • Pasportni belgilangan shakllarga muvofiq toʻldirish (faoliyat turlari boʻyicha ilovalarda keltirilgan);
  • хabarnomaning ma’lumotlari toʻgʻri va ishonchli boʻlishi kerak;
  • хodimlar va mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim;
  • nomi, joylashgan joyi (yashash manzili) oʻzgarganligi, filial tashkil etganligi toʻgʻrisida 10 ish kuni ichida YaIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali хabar berilishi kerak.

 

Xabarnoma yuborganlik uchun BHMning 50%i miqdorigacha yigʻim undiriladi (bundan qurilish-montaj ishlari va alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish boʻyicha faoliyat mustasno).

 

Xabarnomalar qabul qilinganligi va ular reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi хat QR-kodni qoʻyish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.

 

Respublika darajasida хabarnoma qabul qiluvchi vakolatli organlar ma’muriy shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashlarini tashkil etadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_