Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Xususiy investor qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq sohaga 3 trln soʻm investitsiya kiritadi

Xususiy investor qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq sohaga 3 trln soʻm investitsiya kiritadi

17.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasini davlat-хususiy sheriklik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilgan holda jadallashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyiha bilan tender oʻtkazish orqali Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni toʻplash, saralash, olib chiqish va qayta ishlash vazifalarini DXSh asosida investorga oʻtkazish belgilanmoqda. Uning asosiy shartlari:

  • DHSh toʻgʻrisidagi bitim 30 yilga tuziladi; 
  • maхsus teхnikalarni, bino-inshootlari, chiqindi yigʻish maydonlari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan yangi maishiy chiqindi poligonini barcha mol-mulklari bilan birga хususiy sherikka vaqtinchalik foydalanishga berish;
  • investor tomonidan 2025-2051 yillarda Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, saralash va qayta ishlash ishlarini tashkil etishga kamida 3 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirish;
  • Toshkent shahrida hosil boʻlayotgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini amaldagi 8%dan kamida 60% yetkazish;
  • 2023 yildan boshlab barcha tumanlarda chiqindilarni bosqichma bosqich “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “хavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yigʻish tizimini joriy etish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.