Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlangʻich badallari toʻlab beriladi

Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlangʻich badallari toʻlab beriladi

02.08.2018

Rus tilida oʻqish

Qaror loyihasida Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ–2639-son va 2017 yil 2 martdagi PQ–2812-son qarorlari bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (bundan keyin – Dastur) doirasida 2019 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarga uy-joylar ajratish taklif etilgan.  

 

Buning uchun namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan ikki, uch qavatli koʻp kvartirali uylar hamda maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli uylar sirasiga kiradigan arzon uy-joylarni ajratish rejalashtirilmoqda.

 

Kam ta’minlangan oilalar uchun arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:

 

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarining respublika byudjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar – boshlangʻich badallarni toʻlash uchun;
  • imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti ajratish sharti bilan tijorat banklarining mablagʻlari.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari quyidagilarni amalga oshirishlari zarur:

 

  • ayrim oilalarning aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlariga boqimondalik munosabatida boʻlishi dalillarini bartaraf etishga alohida e’tibor bergan holda kam ta’minlangan oilalar roʻyхatining ijtimoiy adolat tamoyillariga tayanib shakllantirilishini ta’minlash;
  • 2019 yildan boshlab har yili Dastur doirasida kam ta’minlangan oilalarga arzon uy-joylar ajratilishini nazarda tutish;
  • 2019 yildan boshlab har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda mahalliy byudjetlarda kam ta’minlangan oilalar uchun arzon uy-joylar qurish va boshlangʻich badallarni toʻlash uchun mablagʻlarni nazarda tutish.

 

Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va «Mahalla» хayriya jamoat fondi bilan birgalikda ikki oy muddatda kam ta’minlangan oilalarni tanlab olish, ularga arzon uy-joylar taqdim etish va arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashi shart.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_