Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulkni notoʻgʻri roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun yetkazilgan zararlar qoplanadi

27.11.2018

Rus tilida oʻqish

«Davlat kadastrlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasiga tegishli tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni notoʻgʻri roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun moddiy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda. Davergeodezkadastr (qonun loyihasini ishlab chiquvchi, tahr.) taklifi qabul qilinsa, koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlar koʻchmas mulk ob’yektlari bilan vijdonan bitim tuzgan taraflarga yetkazilgan zararlarni qoplaydilar.

 

Ma’lumot uchun: yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari amalga oshiradilar.

 

Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qoplash uchun asos boʻladi. Toʻlovlarni toʻlashning umumiy tartibi va miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.