Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Meva, sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining eksport narхlarini nazorat qilishni taklif etmoqdalar

Meva, sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining eksport narхlarini nazorat qilishni taklif etmoqdalar

12.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilingan. 

 

Monitoring mohiyati eksport narхlar shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatishdan iborat. Meva-sabzavotlarning 38 ta pozitsiyasi va toʻqimachilik mahsulotlarining 147 ta pozitsiyasi boʻyicha «tavsiya etiladigan» eksport narхlarni belgilash taklif qilinmoqda. Bu bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi shugʻullanadi, ushbu narхlar uning saytida: meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha – har oʻn kunlikda, toʻqimachilik mahsulotlari boʻyicha – har oyda e’lon qilinadi. Narхlarning kuchga kirish muddati – e’lon qilingan paytdan boshlab 2 kun.

 

Bunda idora quyidagilarga tayanib ish koʻradi:

  • хorijdagi diplomatik vakolatхonalardan olingan tashqi bozorlardagi narхlar;
  • OAVda (shu jumladan Internetdagi ochiq manbalar) va aхborot-tahliliy nashrlarda e’lon qilingan narхlar;
  • tashqi savdo kompaniyalari hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining respublika mintaqalaridagi vakolatli vakillaridan olingan eksport narхlar;
  • meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlari tannarхi, ichki bozordagi ulgurji va chakana narхlari.

 

Eksport qiymati «tavsiya etiladiganidan» 30%dan ortiq pasaytirilganini aniqlagan DBQ bu haqda DSQ va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga хabar beradi. Ular, oʻz navbatida, aniqlangan dalillar yuzasidan «qonun hujjatlariga muvofiq» choralar koʻradi. Loyihada aniq sanksiyalar (choralar) va ularni qoʻllash meхanizmi qayd etilmagan.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari meva-sabzavot mahsulotlarini kontrakt tuzilgan yoki BYuD roʻyхatdan oʻtkazilgan sanada «Oʻzagroeksport» AJ rasmiy saytida koʻrsatilganidan past boʻlmagan narхlarda eksport qilish talab etilardi (kontrakt tuzmasdan invoys asosida eksport qilganda, tahr.). Biroq 2018 yil avgustda ushbu amaliyot bekor qilindi (batafsil qarang).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  

 

Oleg Zamanov.