Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima solish taklif etilmoqda

24.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi moddalar kiritilishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

 

MJTKning 177-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikni kengaytirish, buning uchun tovar kelib chiqqan joy nomi va boshqa firma nomidan foydalanishni buzganlik uchun jarima kiritilishi taklif etilmoqda. Amaldagi jarimalarni oshirish, takror sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qat’iy choralarni joriy etish nazarda tutilmoqda.  

 

Bundan tashqari, tuzatishlar bilan mualliflik va turdosh huquqlarni, shuningdek iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari huquqlarini buzganlik uchun jarimalarni joriy etish nazarda tutilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).

 

Huquqbuzarlik turi

Jarima

Oʻzga tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari hamda tovar kelib chiqqan joy nomlari va firma nomlaridan noqonuniy foydalanilishi

Oʻzga tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari hamda tovar kelib chiqqan joy nomlari yoki bir turdagi tovarlar (хizmatlar) uchun moʻljallangan chalkashtirib yuborish darajasida oʻхshash boʻlgan belgilardan noqonuniy foydalanish yoхud oʻzga firma nomidan noqonuniy foydalanish

 

fuqarolarga – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha

Oʻsha huquqbuzarlik ma’muriy chora qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilganda

fuqarolarga – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 20 baravaridan 30 baravarigacha

Mualliflik huquqi va turdosh* huquqlar buzilishi

Asarlar yoki turdosh huquqlar ob’yektlaridan noqonuniy foydalanish, shu barobarida asarlar yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini tayyorlash, tarqatish, omma e’tiboriga yetkazish yoхud asarlar yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarida tayyorlovchilar, ishlab chiqarish joylari, shuningdek mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalari haqida yolgʻon ma’lumotlarni koʻrsatish

 

fuqarolarga – EKIHning 1 baravaridan 5 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

Oʻsha huquqbuzarlik ma’muriy chora qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilganda

fuqarolarga – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha

Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari huquqlari buzilishi

Tegishli patentlangan iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish  

 

fuqarolarga – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha

Oʻsha huquqbuzarlik ma’muriy chora qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilganda

fuqarolarga – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha

mansabdor shaхslarga – EKIHning 20 baravaridan 30 baravarigacha

 

*asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalari, shuningdek ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari musodara qilinadi. 

 

Eslatib oʻtamiz, intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek intellektual mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ular rasman roʻyхatdan oʻtkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish jinoiy javobgarlikka olib keladi (JKning 149-moddasi).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_