Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nohalol zargarlarni reyestrga kiritish qanday rejalashtirilmoqda

04.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasining zargarlik sohasidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi  joylashtirilgan.

 

Loyiha Prezidentning 18.05.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5721-son Farmoniga muvofiq tayyorlangan.

 

Loyiha bilan:

  • Oʻzbekiston Respublikasining zargarlik sohasidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
  • Oʻzbekiston Respublikasining zargarlik sohasidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlarini reyestrga kiritish va undan chiqarish uchun ma’lumotlarni taqdim etuvchi mas’ul vakolatli organlari roʻyхatini tasdiqlash taklif etilmoqda.

 

Hujjat bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi oʻrinlarda - Asillik palatasi) 2021 yilning 1 yanvaridan zargarlik sohasidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlari reyestrini (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) Oʻzbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar Portalida yuritilishini ta’minlashni topshirish taklif qilinmoqda.

 

Vakolatli organlar taqdim qilgan ma’lumotlarga asoslanib,  Reyestrni yuritish, shuningdek nohalol tadbirkorlik sub’yektlari haqidagi ma’lumotlarni elektron koʻrinishda unga kiritish va chiqarib tashlash Asillik palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Reyestr aхborot resursi boʻlib, davlat, ingliz va rus tillarida yuritiladi va boshqa tillarda teng ma’noli yoki qisqartirilgan koʻrinishda boʻlishi mumkin.

 

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan, davo qilingan asillik darajasiga toʻgʻri kelmaydigan, zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibini buzilishiga yoʻl qoʻygan hamda ularni realizatsiya qilayotgan mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zargarlik sohasidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritiladi. Shuningdek, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari koʻriladi.

 

Loyihada:

  • reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar roʻyхati;
  • vakolatli organlar tomonidan Asillik palatasiga ma’lumotlar taqdim etish tartibi va shakli;
  • vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni Asillik palatasi tomonidan koʻrib chiqilishi tartibi;
  • reyestrdan tadbirkorlik sub’yektini chiqarib tashlash uchun asoslar;
  • reyestrga kiritilgan ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlash choralari va reyestrni shakllantirish va yuritishning boshqa qoidalari koʻrsatilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_