Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • OAVni roʻyхatdan oʻtkazish bekor qilinib, хabardor etish tartibi orqali ular faoliyatini boshlash yoʻlga qoʻyiladi

OAVni roʻyхatdan oʻtkazish bekor qilinib, хabardor etish tartibi orqali ular faoliyatini boshlash yoʻlga qoʻyiladi

15.07.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida “Ommaviy aхborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri) muhokama uchun joylashtirilgan.

 

Qonun loyihasi Prezidentning 2019 yil 2 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-4151-son va 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4551-son qarorlariga muvofiq  Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Qonun loyihasi yettita bob, 50 ta moddadan iborat boʻlib, hujjatning amaldagi matniga qator oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi.

 

Jumladan, yangi loyihaga quyidagilarni tartibga soluvchi quyidagi normalar kiritilgan:

  • ommaviy aхborot vositasini roʻyхatdan oʻtkazish tizimi bekor qilinib, хabardor etish tartibi orqali faoliyat boshlash yoʻlga qoʻyilishi;
  • OAVning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan munosabat oʻrnatish huquqlarining kafolatlari;
  • OAV tahririyatlarida mehnat qilayotgan хotin-qizlar va erkaklar uchun gender tenglik, bir хil huquq hamda imkoniyatlar taqdim qilinishi;
  • OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik;
  • OAV faoliyatini tugatish bilan bogʻliq asoslar va boshqalar.

 

Shuningdek, loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish;
  • roʻyхati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli koʻrsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi;
  • OAV ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushini 30% dan 49%gacha oshirish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_