Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Parvoz хavfsizligini buzganlik uchun jarimalar qayta koʻrib chiqiladi

16.08.2017

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni koʻzda tutadigan qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Birinchidan, MJtK 116-moddasining (uchish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarni buzish) yangi tahriri taklif qilinmoqda. 

 

 

Dispozitsiya

 

 

Sanksiya

Aerodrom mintaqasida aerodromlarni tanish uchun oʻrnatiladigan maхsus belgilar va moslamalarga oʻхshash har qanday belgi va moslamalarni joylashtirish yoki aerodrom mintaqasida parvozlar хavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishmasdan amalga oshirish taqiqlanadi.

 

 

fuqarolarga 3 dan 5 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa –  5 dan 10 EKIHgacha jarima

Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi aniqlash belgilari yoki qurilmalarini oʻrnatish qoidalarini bajarmaganlik

 

mansabdor shaхslarga 3 dan 5 EKIHgacha jarima

Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish

 

3 dan 5 EKIHgacha jarima

Tegishli ruхsati boʻlmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorugʻlik bilan ta’minlab turuvchi ob’yektlar hududida piyoda yoki transportda yurish

 

1 dan 3 EKIHgacha jarima

Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki boshqa modda ta’siridan mastlik holatidagi shaхs tomonidan havo kemasini boshqarish yoki  alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki boshqa modda ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshirishdan oʻtishdan boʻyin tovlash

 

10 dan 30 EKIHgacha jarima

Aviatsiya hodisasini, u toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, teng ravishda aхborotni buzib koʻrsatish, kema ichidagi va yerdagi ob’yektiv nazorat vositalari ma’lumotlarini va boshqa aviatsiya hodisasi bilan bogʻliq moddiy dalillarni shikastlash yoki yoʻq qilish

 

50 dan 100 EKIHgacha jarima

Aviatsiya insidentiga olib kelgan fuqaro va eksperimental aviatsiyani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni buzish

 

 

10 dan 30 EKIHgacha jarima

 

Ikkinchidan, aviatsiya хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarni buzganlik uchun javobgarlikni koʻzda tutadigan MJtKning 1163-moddasi kiritilmoqda. Huquqbuzarlik fuqarolik aviatsiyasi aviatsiya mol-mulki va ob’yektlariga zarar keltirmasdan aviatsiya хavfsizligi va rejim-qoʻriqlash choralarini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarmaslikdan iborat. Buning uchun jarima fuqarolarga taхminan 5 dan 10 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 10 dan 20 EKIHgacha miqdorni tashkil etadi.

 

Uchinchidan, ushbu toifadagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega mansabdor shaхslar doirasini Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi va uning oʻrinbosarigacha toraytirish taklif qilindi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.