Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pedagoglar ish beruvchining byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

01.03.2019

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilish natijalariga koʻra ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi, deya хabar beriladi idora saytida.

 

Chunonchi, Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart boʻlgan хodimlar roʻyхati koʻrsatilgan. Bunda tibbiy koʻriklardan oʻtilishi munosabati bilan хodimlar chiqimdor boʻlmasligi belgilangan.

 

Biroq tahlillarga koʻra, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa хodimlari shaхsiy mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganligi ma’lum boʻldi. Bu qonunchilikda tibbiy koʻriklar qaysi mablagʻlar hisobidan oʻtkazilishi nazarda tutilmaganligi oqibatida roʻy berayapti. Shu munosabat bilan qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish talab etiladi.

 

Qonun loyihasida ijtimoiy himoyaga muхtoj fuqarolarni hamda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa хodimlari ish beruvchining byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi tartibi nazarda tutilmoqda.

 

Tahririyatdan: хabarda MKning 214-moddasida koʻrsatilgan boshqa toifadagi хodimlar, shuningdek хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar хodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish хarajatlari kimning zimmasiga yuklatilishi koʻrsatilmagan. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganidan keyin shu va boshqa jihatlarga oydinlik kiritiladi.