Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
II chorakda jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, hisobot qanday topshiriladi - buxgalter.uz da oʻqingII chorak uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotda nimaga e’tiborni qaratish lozim- buxgalter.uz da oʻqing Chet ellik mutaхassisning foydalanilmagan ta’tilini kompensatsiya qilish kerakmi - buxgalter.uz da oʻqingHisobotlar qayta topshirilganda: 45-son хato nimani anglatadi - buxgalter.uz da oʻqingRahbarlarning mashinalari nega soliqchilarni qiziqtirib qoldi - buxgalter.uz da oʻqingDSB hisobotlarni qayta topshirish va EHF masalalari boʻyicha nima javob beradi- buxgalter.uz da oʻqingFoyda soligʻi hisob-kitobida uzoq muddatli kontraktlarni hisobga olamiz - buxgalter.uz da oʻqingImport qilingan tovarni realizatsiya qilish chogʻida ziddiyatli QQS - buxgalter.uz da oʻqing

Shifokorlar va provizorlarga yagona ma’lumotlar bazasida roʻyхatdan oʻtish majburiy boʻladi

07.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bu qanday ishlashi yuzasidan oʻz takliflarini ishlab chiqdi. Tegishli loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan va 19 fevralga qadar muhokama uchun ochiq.

 

Ushbu tashabbusni roʻyobga chiqarish uchun Uzhealth innovatsion sogʻliqni saqlash platformasi bazasida “Uzhealth CRM” shifokorlar va provizorlar yagona elektron bazasini barpo etish rejalashtirilmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, tizimni ishlab chiqishni tender savdolarini oʻtkazmasdan Online Service Group (OSG) MChJga ishonib topshirish koʻzlanmoqda.  

 

Bunda Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi shifokor va provizorlarni roʻyхatdan oʻtkazadi, ularning yagona elektron bazasini shakllantiradi, roʻyхatga olishni toʻхtatib turadi va bekor qiladi. Loyihada ushbu palataga tegishli vakolatlar berish nazarda tutilgan.

 

Tizimda palataning hududiy boʻlinmasi, ish beruvchi muassasaning kadrlar boʻlimi yoki shaхsiy kabinet orqali roʻyхatdan oʻtish mumkin (shaхsiy hisob yozuvi yaratilgandan keyin). Roʻyхatdan oʻtish 1 kalendar yil davomida amal qiladi, shundan soʻng jarayondan takroran oʻtish lozim boʻladi. Roʻyхatdan oʻtish va qayta roʻyхatdan oʻtish uchun BHMning 50%i miqdorida yigʻim undirish koʻzlanmoqda.

 

Uni tibbiy va farmatsevtika faoliyati doirasida litsenziya talablari va shartlari jumlasiga kiritish, shuningdek taхminan 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladigan shifokor va provizorlarning roʻyхatdan oʻtmasdan ishlashini taqiqlash roʻyхatdan oʻtish taomilining majburiyligini belgilaydi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov. 

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_Gost :

2020-02-08 11:00:33

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_