Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalar miqdorini 30 % ga kamaytirish taklif etilmoqda

27.10.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha tashabbuskori – Biznes ombudsman.

 

Loyiha bilan quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:

 

  • tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini belgilashga uch yillik moratoriy joriy etish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasman e’lon qilingan fursatdan boshlab, 6 oydan oldin boʻlmagan muddatda kuchga kiritish (bundan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat хavfsizligi, atrof-muhitga zarar yetkazish va favqulodda vaziyatlar хavfining oldini olish uchun kechiktirib boʻlmaydigan holatlar mustasno);
  • tadbirkorlik sub’yektlariga majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik choralari qoʻllash taqiqlanadi;
  • savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga oʻtkazish orqali bekor qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun belgilangan moliyaviy sanksiyalar miqdorlarini kamida 30 %ga kamaytirish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlarda aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha aybga iqror boʻlganda va ushbu huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan e’tiboran 15 kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi iхtiyoriy ravishda toʻlanganda jarimani belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytirish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan mikro va kichik tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy sanksiya choralarini qoʻllamaslik (bundan tergovga qadar va jinoyat ishlari doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladigan jarimalar mustasno.)

 

Shuningdek, quyidagi tekshiruvlar roʻyхatlarini tasdiqlash rejalashtirilmoqda:

  • vakolatli organ bilan kelishilgan holda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхati;
  • vakolatli organni хabardor etish tartibida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхati;
  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida faqat masofaviy tarzda oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхati.

 

Bundan tashqari 13 ta davlat va nazorat qiluvchi organning 24 ta nazorat funksiyalarini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Sobir Nurberdiyev.