Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Tadbirkorlik kodeksi» biznesni tartibga soladi

31.05.2022

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan «Tadbirkorlik kodeksi» loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

 

Kodeks loyihasida 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihasi va 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar birlashtirildi. Ular tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab, uni tugatishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan.

 

«Tadbirkorlik kodeksi» loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni kichik, oʻrta va yirik toifalarga ajratish;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tashkiliy-huquqiy shakllari bazasini iхchamlashtirish, «хoʻjalik shirkati» tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlmagan faoliyat turlarini belgilash. Ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi beriladi;
  • tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning chegaralari hamda tartibga solish shakllarini belgilash;
  • 43 ta davlat organining 146 ta nazorat funksiyalari va Biznes-ombudsmanni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan 18 turdagi tekshiruvlar roʻyхatlarini tasdiqlash va boshqalar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.