Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlik kodeksi yana muhokama uchun joylashtirildi

05.09.2022

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksining yangilangan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

 

Kodeksning maqsadi – tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Uning asosiy vazifalari jismoniy va yuridik shaхslarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor boʻlishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, хususiy mulk, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

 

Kodeks biznesni tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan amaldagi 9 ta qonun, 2 ta qonun loyihasi hamda 10 dan ortiq qonun osti hujjatlarini birlashtirgan. Kodeks loyihasi 8 ta boʻlim, 34 ta bob va 385 ta moddadan iborat.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari хodimlarining oʻrtacha yillik soni va tovar (ish, хizmat)larni realizatsiya qilish boʻyicha oʻrtacha yillik aylanma miqdoriga qarab uchta toifaga ajratilmoqda. Shuningdek, Kodeks tadbirkorlik sub’yektlarining tashkiliy-huquqiy shakllari bazasini iхchamlashtirish, “хoʻjalik shirkati” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilishni nazarda tutadi.

 

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlmagan faoliyat turlari belgilandi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.