Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tekshiruvlar, хronometraj va kameral nazoratdan soliq organlariga koʻproq mablagʻ kelib tushadi

12.09.2018

Rus tilida oʻqish


Soliqlarni qoʻshimcha hisoblash va ular boʻyicha jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushgan mablagʻlarni DSQ foydasiga qayta taqsimlash muhokama qilinmoqda. Hukumat qarorining tegishli loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamgʻarmasi bor (VMning 12.01.1998 yildagi 14-son va 2.04.2010 yildagi 62-son qaroriga qarang).

 

Unga tushadigan tushumlarni quyidagilar hisobiga oshirish taklif etilmoqda:

 

  • tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirib olingan summalar (shu jumladan penyalar) hamda soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solingan moliyaviy jazo choralari va ma’muriy jarimalar summalarini 25%dan 40%gacha oshirish. Bunda ushbu summalar soliqchilar aniqlagan dalillar boʻyicha sud yoki Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan boʻlsa ham, soliq organlari pul mablagʻlarini oladilar. Biroq qonunbuzarliklar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan fosh etilgan boʻlsa, soliq idorasi pul olmaydi (ular Departamentning byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi);

 

  • хronometraj va kameral nazorat natijasida qoʻshimcha undirib olingan summalarning 10%ini maхsus jamgʻarmaga yoʻnaltirish.

 

Avvalgidek, soliq organlari tomonidan musodara qilingan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasining 25%i ham Jamgʻarmaga kelib tushadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.




V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_