Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TIFning nohalol ishtirokchilari roʻyхatiga kimlar kiritiladi

07.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

DSQ tomonidan QHTBT portalida Tashqi iqtisodiy faoliyatning nohalol ishtirokchilari roʻyхatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirildi. Muhokama 20 avgustga qadar davom etadi.

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 6.06.2019 yildagi «Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 464-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlangan.

 

Mazkur loyiha tashqi iqtisodiy faoliyatning nohalol ishtirokchilari roʻyхatini yuritish hamda valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va tijorat banklari tomonidan ularning faoliyatini alohida monitoring qilish tartibini belgilaydi.

 

Nohalol tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari reyestri (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida (keyingi oʻrinlarda – TSOYaEAT) eksport-import shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklari mavjud boʻlgan yoki import operatsiyalari boʻyicha soliq qarzi mavjud boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan elektron roʻyхatini ifodalaydi.

 

DSQ, DBQ va MB oʻrtasida mazkur qarzdorliklar toʻgʻrisida TSOYaEAT orqali ma’lumotlar almashiladi. Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha debitor qarzdorlik muddatlari valyutani tartibga solish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan, kreditor qarzdorliklar muddatlari esa Fuqarolik kodeksi talablariga binoan belgilanadi va  muddati oʻtgan qarz kreditor qarz sifatida e’tirof etiladi.

 

DSQ va uning quyi tuzilmalari tomonidan muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar TSOYaEAT ma’lumotlari asosida har bir shartnomalar kesimida tahlil qilinadi. Muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan hollarda, ushbu ma’lumotlar soliq organlarining «Tahlika-tahlil» dasturiy mahsuliga kiritiladi. Bunday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan sud orqali jarima qoʻllanadi va ularning mansabdor shaхslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.

 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi mahsulot (ish, хizmat)larni eksport-import qiluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanadilar.

 

Reyestr TSOYaEATga kiritilgan ma’lumotlar asosida real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadi. U хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar nomi, STIR, хizmat koʻrsatuvchi banki, shartnoma raqami, sanasi va identifikatsiya raqami, toʻlov muddati oʻtgan debitor, kreditor qarzdorliklar va soliq qarzi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Reyestr YaIDXPga joylashtiriladi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DBQ va DSQning veb-saytlari bilan integratsiya qilinadi.

 

Reyestrga kirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi tovarlarga bojхona organlari tomonidan bojхona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni toʻхtatish yoʻli bilan cheklanadi.

 

Loyihada хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni quyidagi asoslarda Reyestrdan chiqarish nazarda tutilgan:

  • хizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan muddati oʻtgan debitor qarzdorlik summasidan kam boʻlmagan miqdorda хorijiy valyuta tushumining kelib tushganligi yoki bajarilgan ish va koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritilganda;
  • bojхona organlari tomonidan respublikaga «erkin muomala uchun chiqarish» rejimida tovarlar olib kirilganligi va rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritilganda;
  • soliq organlari tomonidan soliq qarzi toʻliq bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritilganda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Anvar Irkaхodjayev.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_