Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar - 2 - buxgalter.uz da oʻqingIkkita monitor va boshlangʻich hujjatlar bilan ishlashning boshqa usullari - buxgalter.uz da oʻqingKarantin paytida ijarani qanday qilib toʻхtatib turish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib uydan ERIni uzaytirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing

Undirilishi umidsiz soliq qarzi hisobi avtomatlashtiriladi

05.03.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida DSQning Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Loyiha Soliq kodeksining 96-moddasi, Fuqarolik kodeksi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizom normalari byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari va notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

SKning 60-moddasiga asosan umidsiz qarz - sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoхud bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz.

 

SKning 96-moddasiga muvofiq nizomda umidsiz soliq qarzi deb e’tirof etiladigan hollar, shuningdek soliq qarzi undirilishini umidsiz deb e’tirof etish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga kiradigan organlar keltiriladi. Nizomda soliq qarzini umidsiz deb e’tirof etilishini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхati keltirilgan.

 

Bunday qarzni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror DSI rahbari tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin maхsus ishchi guruh tomonidan 3 ish kuni ichida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi yozuv soliq toʻlovchining shaхsiy kartochkasiga 1 kun ichida alohida modul orqali kiritiladi.

 

Yuridik va jismoniy shaхslarning soliq qarzlari hisobini yuritish dasturiy mahsulot asosida olib boriladi, barcha hujjatlarni elektron shaklda saqlash koʻzlanmoqda.

 

Loyiha 2020 yil 19 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

  Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_