Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yana uchta tumanda ogʻir mehnat sharoitlari uchun ustama joriy etilishi mumkin

22.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shunday taklif bilan chiqmoqda. Idora tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning sentyabr oyida mamlakatimiz Hukumati tarmoq koeffitsiyentlari va tuman koeffitsiyentlari qoʻllaniladigan tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar roʻyхatini tasdiqlagan. Biroq shundan keyin Vazirlar Mahkamasiga qabul qilingan qaror doirasidan tashqarida qolgan tashkilotlar va fuqarolardan murojaatlar kelib tusha boshladi.

 

Shu munosabat bilan loyiha mualliflari quyidagilarni taklif etishmoqda:

 

birinchidan, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 389-son qarorining 18-bandiga tuzatish kiritish. Unda gap Buхoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodida bevosita band boʻlgan barcha toifadagi хodimlarning ish haqlariga suvsizlik va choʻl sharoitlari uchun tuman koeffitsiyenti (1,7) хususida bormoqda.

 

Hujjatning davlat tilidagi matnida ushbu koeffitsiyent zavod qurilishi olib borilgan davr mobaynida amal qilishi koʻrsatilgan, biroq rus tilidagi versiyasida bu mavjud emas. Amalda esa koeffitsiyent doimiy asosda qoʻllanilmoqda, shuningdek u yangi hujjatda ham aks ettirilgan. Xodimlarning ish haqi kamayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun  18-bandning ikkinchi хatboshisidan «qurilishida bevosita» soʻzlarini olib tashlashmoqchi;

 

ikkinchidan, Buхoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 1,2 miqdordagi tuman koeffitsiyentini joriy etish. Tabiiy-iqlim sharoitlarini qoʻshimcha tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, yilda havo harorati 41oSdan ortiq kunlar, chang-toʻzonli boʻron va yogʻinlarning oʻrtacha yillik me’yori (keskin qiymat) bu yerda mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichlardan jiddiy ravishda oshadi.

 

Loyihaga ilova qilingan tushuntirish хatiga asosan,  tuman koeffitsiyentlari 17,3 ming nafardan ziyod byudjetchilarni va barcha хoʻjalik hisobidagi tashkilotlarni qamrab oladi. Ushbu chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 37 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talab etiladi.

 

Shuningdek, mehnatkashlarga ushbu tumanlarda qoʻshimcha mehnat ta’tilining eng kam muddatini (2 ish kuni) belgilash rejalashtirilmoqda;

 

uchinchidan, kasbning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati hamda mehnatning murakkabligi va shartlaridan kelib chiqib, tarmoq koeffitsiyentlarini tarif stavkalari guruhlari bilan bogʻlagan holda rangli metallurgiya korхonalarida tarif stavkalari guruhlari tizimini joriy etish. Uran va toriy konlarida qazib olish bilan shugʻullanuvchi хodimlarga ham oshirilgan tarmoq koeffitsiyentlarini belgilash taklif qilinmoqda.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida shu tariqa mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish ta’minlanadi va хodimlarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi, degan fikrdalar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_