Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi: PF-246-son Farmonning toʻliq sharhi 1S:Buхgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro

Yirik soliq toʻlovchilar mezoniga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmoqda

10.01.2020

Rus tilida oʻqish

Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3172, 12.07.2019 y.) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqidagi qaror loyihasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilib, muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Xususan, quyidagilar taklif etilmoqda:

  • birinchidan, yirik soliq toʻlovchilar toifasidan tijorat banklari filiallarini chiqarib tashlash;
  • ikkinchidan, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga hozirgi kunda sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha 100 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaхslar kiradi. Ketma-ket keladigan 12 oylik davrda shuncha miqdorda  tushumga ega korхonalarni ham ular jumlasiga kiritish taklif qilinmoqda;
  • uchinchidan, DSQ Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar roʻyхatiga kiritish va roʻyхatidan chiqarishga haqli boʻladi. Yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati esa joriy yilning 1 sentyabriga qadar Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, loyiha 2020 yil 21 yanvarga qadar muhokama qilinadi, fikr-mulohaza va takliflar asosida oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_