Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻl haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi taklif etilmoqda

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Shahar yoʻlovchilar tashish transportida yoʻl haqini hisobga olish va toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Hujjat umumfoydalanishdagi shahar yoʻlovchilar tashish transportida (taksidan tashqari), shu jumladan metropolitenda yoʻl haqini hisobga olish va toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda – YTAT) joriy etishga yoʻnaltirilgan.

 

Toʻlovlarni offlayn va onlayn (ePOSni hisobga olgan holda) rejimlarda oʻtkazish maqsadida tizimni Yagona umumrespublika protsessing markazi protsessingi hamda «Uzcard» toʻlov tizimi bilan birlashtirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda, protsessing uchun vositachilik haqini oʻtkazma summasining 0,1%idan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda.

 

Loyihani amalga oshirish jarayonida metropolitenda YTATni joriy qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda turniketlarni yangilash rejalashtirilmoqda.

 

Oʻquvchi yoshlar, IIV, Mudofaa vazirligi хizmatchilari va pensionerlar uchun «ID Card» personallashtirilgan kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda, keyinchalik ulardan imtiyozli transport kartasi sifatida foydalaniladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_