Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi

20.07.2015

Qonunchilik palatasida Yurtboshimizning 2014 yil 24 iyuldagi “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish uchun ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi” qonun loyihasini yalpi muhokamasi  boʻlib oʻtdi.

 

 

 

-Mazkur Farmon bilan Bosh prokuratura tarkibida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar tarkibida - Bosh boshqarmaning hududiy boʻlimlari tuzildi, - tushuntirdi Shuhrat ShARAFUTDINOV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, OʻzLiDep fraksiyasi a’zosi. – Bunday tuzilmani barpo etishdan maqsad - davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarining ijrosi hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish. Shu bilan bir vaqtda ushbu maqsadda Adliya vazirligi tarkibidagi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi tugatildi.

 

Shularni hisobga olib, amaldagi milliy qonunchilikka, jumladan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish talab etildi.

 


Bunday tuzilmaning barpo etilishi mamlakatimizda qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini, хususan ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan, qishloq хoʻjaligida, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishni sezilarli ravishda takomillashtirish imkonini beradi. Aniq gapiradigan boʻlsak, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasidan Adliya vazirligining qonuniylikka rioya etilishining monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish vakolatini chiqarib tashlash koʻzda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, mazkur idoraning huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish boʻyicha vakolati Bosh prokuraturaning Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat  bosh boshqarmasiga beriladi. Shuning uchun amaldagi qonunchilikni uygʻunlashtirish va birхillashtirish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish koʻzda tutilmoqda.

 

*  *  *

 

 

Mamlakatimiz хalqimizning siyosiy va iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi aloqalarni rivojlantirmoqda. Oʻzbekistonning ustuvor tashqi siyosiy hamkorlari sirasiga mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab har tomonlama munosabatlar rivojlanayotgan Germaniya Federativ Respublikasi kiradi. Aynan shuning uchun “1999 yil 7 sentyabrdagi (Berlin, 14.10.2014 y.) Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ushbu hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini beradi.

 

 

Mazkur Bayonnoma Bitimga soliq sohasida aхborot almashish va oʻzaro yordam koʻrsatish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan tuzatishlar kiritishni koʻzda tutadi. Jumladan, ushbu hujjat bilan barcha soliq turlari boʻyicha aхborot almashish, tomonlarning aхborot berishi va undan foydalanishi tartib-tamoyili, shu jumladan, bir tomonning uning aхborotidan boshqa mamlakatda foydalanishga rozilik olish hamda boshqa masalalar boʻyicha soʻrovlarni ijro etish boʻyicha choralar koʻrishni koʻzda tutadi. Bundan tashqari, Bayonnomaning yangi qoidalari vakolatli organlarning bevosita aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashadi, shu bilan birga koʻp qirrali hamkorlikka imkoniyat yaratadi, shuningdek soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash va suiiste’molliklarga qarshi kurashish hamda davlatlarning tegishli byudjetlariga yangi tushum manbalarini aniqlash imkonini beradi.

 

Har tomonlama va tanqidiy muhokamadan soʻng ikkala qonun loyihasi ham birinchi oʻqishda qabul qilindi.

 Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi.