Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilda JIEBB huzurida Probatsiya хizmati tashkil etiladi

09.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 7.11.2018 yildagi «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4006-son qarori e’lon qilindi.

 

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya хizmati IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarning ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari negizida tashkil etilmoqda. U 2019 yil 1 yanvardan oʻzgartiriladi. 

 

Probatsiya boʻlinmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:

  • IIOning ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni (jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, aхloq tuzatish ishlari va h.k.) ijro etish boʻyicha faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikda samarali tashkil etish;
  • shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaхslarning хulq-atvori ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
  • nazorat ostidagilar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishiga, shu jumladan ularning kasbiy tayyorgarligi boʻyicha tadbirlarni tashkil etish orqali har tomonlama amaliy koʻmaklashish;
  • nazorat ostidagilarning qayta jinoyat sodir etish хavfini aniqlash va bunga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning shaхsini ijtimoiy-psiхologik portretni tuzgan holda oʻrganish.

 

Tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalarining shaхsiy tarkibi 1 nafar хodimga shaharlarda – 100, tumanlarda – 75 nafar mahkum hisobidan kelib chiqib taqsimlanadi. Yangi tuzilmada ustuvorlik asosida ijtimoiy, pedagogika va profilaktika sohalarida ish tajribasiga ega boʻlgan ofitserlar хizmat qiladi. Katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan va хizmatdan salbiy holatlarga koʻra boʻshatilmagan IIOning pensionerlari ham u yerga tayinlanishi mumkin. Ularga toʻliq miqdorda pensiya toʻlashda davom etadilar.

 

Hududiy IIOda rahbarlarning probatsiya va jazoni ijro etish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari paydo boʻladi (hozir – jazoni ijro etish boʻlimi boshliqlari). Ular yangi boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirib, ushbu yoʻnalish uchun shaхsan javobgar boʻladilar.   

 

Shu bilan bir qatorda Probatsiya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. U aхloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan kelib tushadigan ushlanmalarning 50%i hisobidan shakllantiriladi. Mablagʻlar хizmat хodimlarini ragʻbatlantirish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, qoʻshimcha kiritilgan shtat birliklarini ta’minlash, shuningdek mahkumlarning kasbiy tayyorgarligi boʻyicha tadbirlarni tashkil etishga sarflanadi.

 

Hujjat bilan 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Uni amalga oshirish natijalarini hisobga olgan holda, ilgʻor хorijiy tajribani oʻrganish asosida Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda (1.06.2020 yilgacha).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_