Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yil uchun alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun undiriladigan yigʻimlar tasdiqlandi

28.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Kelgusi yilda stavkalar nafaqat mintaqalar boʻyicha, balki yigʻim toʻlaydigan sub’yektlar boʻyicha ham tabaqalashtiriladi (25.12.2020 yildagi OʻRQ-657-son Qonunga qarang).

 

2021 yil uchun alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun yigʻimning umumbelgilangan stavkalari quyidagicha belgilanadi:

  • Toshkent shahrida 2020 yilgi darajada saqlab qolinadi – oyiga 1 200 000 soʻm;
  • Nukus shahri, viloyat markazlaridagi shaharlarda – oylik toʻlov 1 mln soʻmdan 840 ming soʻmgacha kamaytiriladi (-16%);
  • boshqa shaharlarda – oylik toʻlov 800 ming soʻmdan 600 ming soʻmgacha kamaytiriladi (-25%);
  • boshqa aholi punktlarida – oylik toʻlov 600 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha kamaytiriladi (-50%).

 

2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda yigʻim toʻlashdan ozod qilingan umumiy ovqatlanish korхonalari 2021 yilda yigʻimni belgilangan miqdorlardan 50%ga pasaytirilgan stavkalar boʻyicha toʻlaydilar. Ya’ni bir oylik toʻlov Toshkent shahrida – 600 ming soʻm, Nukus shahri, viloyat markazlaridagi shaharlarda  – 420 ming soʻm, boshqa shaharlarda – 300 ming soʻm, boshqa aholi punktlarida – 150 ming soʻm.  

 

2020 yil uchun tasdiqlangan stavkalar bilan bu yerda, 2021 yil uchun stavkalar bilan bu yerda tanishish mumkin.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.