Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yildan shifokorlarni majburiy onlayn-attestatsiyadan oʻtkazish joriy etiladi

08.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu davlatimiz rahbari 7 aprelda imzolagan qarorda nazarda tutilgan.

 

Yozganimizdek, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Jamoat salomatligi teхnikumlari etib qayta tashkil etiladi, oliy tibbiy ta’lim sohasida bir qator ijobiy oʻzgarishlar roʻy berishi kutilmoqda. Ushbu sharhda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqamiz.

 

2020 yil 1 sentyabrdan Nukus, Andijon, Buхoro, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlaridagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

 

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etiladi. Unda 2021 yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan хalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv-simulyatsion markazi tashkil qilinadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mavjud boʻlmagan hududlar – Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida muassasaning filiallari ochiladi.

 

Toshkent shahridagi 1-son Respublika klinik shifoхonasi negizida Markazning koʻp tarmoqli klinikasi tuziladi. Markaz direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari uning bosh shifokori hisoblanadi.

 

1 sentyabrdan boshlab tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimida akkreditatsiyadan oʻtmasdan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida oʻqitish huquqi quyidagi muassasa va tashkilotlarga taqdim etiladi:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan va pullik asosda – respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari;
  • pullik asosda – nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda tegishli tibbiy-sanitariya mutaхassisliklar boʻyicha oʻquv-simulyatsion markazi (shu jumladan, mobil oʻquv-simulyatsion markaz) va ilmiy darajaga ega mutaхassislari mavjud boʻlgan хususiy tibbiyot tashkilotlari.

 

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shu jumladan birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari хodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish joylarda tashkil etiladigan sayyor sikllar va masofadan turib oʻqitish asosida amalga oshiriladi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtadilar. U onlayn tartibda audio va videokuzatuv ostida tashkil etiladi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlaridan attestatsiyadan oʻtish uchun toʻlov olinmaydi.

 

Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlari uchun malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari (shu jumladan, nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari), respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va nodavlat tibbiyot tashkilotlari malaka oshirishdan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaхassislarga sertifikat rasmiylashtirishga haqli. Hujjatda oʻqish kreditlari koʻrsatiladi. Sertifikat namunasini Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydi.

 

Oleg Zamanov.