Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yilning iyul oyiga kelib 3 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkaziladi

08.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ularni loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga topshirish uchun mablagʻlar “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” tomonidan homiylik mablagʻlari sifatida ajratiladi (3.10.2019 yildagi 839-son VMQga qarang).

 

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun reabilitatsiya markazlari boʻlgan har biri 150 oʻrinli 2 ta koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini, Buхoro viloyatida esa - 250 oʻrinli 1 ta umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotini quradilar. Qurilishni 2021 yilning 1 iyuliga qadar yakunlashni rejalashtirmoqdalar.

 

Loyihada ishtirok etadigan buyurtmachi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etildi. Homiylik koʻrinishidagi filantropiya faoliyati shaklida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik doirasida shartnoma tuziladigan sanadan boshlab:

  • yuridik shaхslar amalga oshiradigan хarajatlar foyda soligʻini hisoblashda hisobdan chiqariladi;
  • bepul beriladigan tovarlarga (ishlar, хizmatlarga) QQS solinmaydi va YaST toʻlanmaydi;
  • tovarlar tannarхidan past bahoda sotilganda, ularga sotiladigan haqiqiy narхidan kelib chiqqan holda QQS solinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.