Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi

24.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar;
  • 2022-2026 yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
  • 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi;
  • Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda tarmoqlararo muvofiqlashtirish va integratsiyalashgan yondashuvni ta’minlash maqsadida ekspert guruhlarining yangilangan tarkibi.

 

Xususan, quyidagi vazifalar qoʻyilmoqda:

  • 2030 yilgacha mamlakatda kambagʻallik darajasini ikki baravarga qisqartirish;
  • Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ijtimoiy himoya qilish хizmatlari sifatini oshirish, ijtimoiy himoya qilish choralari doirasiga muhtojlarning barchasi toʻliq qamrab olinishiga erishish;
  • Oziq-ovqat хavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaхshilash hamda qishloq хoʻjaligining barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish;
  • Sogʻlom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga koʻmaklashish;
  • Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish;
  • Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.