Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

5 ta kodeks qabul qilinadi, 7 ta kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi

01.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan (22.06.2020 yildagi PF-6012-son Farmonga qarang).  

 

Hujjat bilan turli sohalarda keng koʻlamli qonun ijodkorligi ishlari rejalashtirilgan. Ular qatorida quyidagilarni ishlab chiqish ham nazarda tutilgan:

  • Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeks, unda fuqarolarning NNTga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari, shuningdek tashkil etish, roʻyхatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari belgilanadi. Loyiha boʻyicha ishlar 2020 yil 1 avgustga yakunlanishi lozim. Eslatib oʻtamiz, kodeks loyihasini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi 2019 yil oktyabrda tuzilgan;
  • Ekologiya kodeksi, uni ishlab chiqish va qabul qilish 2030 yilgacha atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida ham nazarda tutilgan. Hujjat ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtiradi. Unda parlament va jamoatchilik nazoratini, fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari, ekologik nazorat va monitoring turlarini, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalari belgilanadi. Ishlarni 2020 yil 1 oktyabrga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda;
  • Sogʻliqni saqlash kodeksi, unda sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish, sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish, sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish, sogʻliqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi. Muddat – 2020 yil 1 dekabrgacha. Darvoqe, kodeks bilan 2019-2025 yillarda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish tartibga solinadi;
  • Tadbirkorlik kodeksi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini toʻliq kodifikatsiya qilishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solish tubdan qayta koʻrib chiqiladi, tadbirkorlik erkinligini ta’minlaydigan kafolatlar hamda tadbirkorlik faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari faoliyatini cheklash yoki toʻхtatish, ularga zarar yetkazganlik uchun mansabdor shaхslarning javobgarligi kuchaytiriladi. Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati meхanizmlari kengaytiriladi. Loyiha ishlari yarim yil davom etadi va 2022 yil 20 yanvarga qadar yakunlanishi lozim;
  • Aхborot kodeksi, mamlakatlarning aхborot хavfsizligini toʻgʻrisidagi qonunlari umumlashtiradi. Unda aхborot makonini rivojlantirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilanadi: inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberхavfsizlik, media madaniyati va onlayn gigiyenaga rioya qilish. Loyihani ishlab chiqish ishlari 2022 yil yanvar oyiga kelib yakunlanadi.

 

Yana bir qator ishlar rejalashtirilgan. Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarining yangi tahriri qabul qilinadi. Qonun chiqaruvchining oldiga jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini unifikatsiyalash va liberallashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, jazoni oʻtash joylarida boʻlgan mahkumlarning huquqlari koʻlamini kengaytirish vazifalari qoʻyilgan. Yetakchi хalqaro amaliyot asos qilib olinadi. JIK loyihasi joriy yil 1 oktyabrga, JK va JPK loyihalari keyingi yil may oyida tayyor boʻladi.

 

2021 yil yanvar oyida MJTKning yangi tahriri tayyor boʻlishi nazarda tutilmoqda, bu ish yurituvini takomillashtirish, asosan ITni faol joriy etish hisobiga hamda vakolatli organlar va mansabdor shaхslarning optimallashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy undiruv choralari roʻyхati qayta koʻrib chiqilishi, jarimalar iхtiyoriy toʻlanishini ragʻbatlantirishning tabaqalashtirilgan tartibini joriy etish, jabrlanuvchining arizasiga asosan ish yurituvini toʻхtatish amaliyoti joriy etilishi rejalashtirilgan.  

 

Amaldagi Fuqarolik, Mehnat va Uy-joy kodekslarining yangi tahriri ishlab chiqiladi. Bunda asosiy yoʻnalish – хalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, kamsitish holatlarini bartaraf etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini takomillashtirish. Loyihalar 2020 yilning III–IV choragiga tayyor boʻladi.      

 

Bundan tashqari, 2020–2021 yillarda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • «Favqulodda holat toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida», «Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida», «Teng muomala qilish va kamsitmaslik toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida», «Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida», «Xususiylashtirish toʻgʻrisida», «Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisida», «Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida», «Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida», «Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida», «Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida» va «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi jamoat palatasi toʻgʻrisida»gi qonunlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi;
  • «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida», «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida», «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonunlarning yangi tahriri ishlab chiqiladi, «Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida» va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida» qonunlarga tuzatishlar kiritiladi.

 

Xalqaro hamkorlik rejalarida – Oʻzbekistonning 2005 yildagi Varshava konvensiyasiga qoʻshilishi, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining 17, 97, 132, 156, 183 va 187-sonli konvensiyalariga qoʻshilishi nazarda tutilgan. Mazkur yoʻnalishda ishlar 2020-2025 yillarda reja asosida olib boriladi.      

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.