Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

5 yil ichida kamida 1000 amaldor хorijiy stajirovkaga yuboriladi

17.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Quyi va oʻrta boʻgʻindagi istiqbolli davlat хizmatchilarini Janubiy Koreya, BAA, Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan davlatlarga bosqichma-bosqich yuborish boʻyicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi (3.10.2019 yildagi PQ-4472-son).

                    

Stajirovka muddati – 3 oydan 6 oygacha. Ushbu davrda ularning ish haqi stajirovkani oʻtayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston elchisi mehnat haqining 60%ini tashkil etadi. Stajirovkaga yuboriladigan хizmatchi stajirovkani tamomlaganidan keyin davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlab berishi lozim. Barcha хarajatlar yaqinda tashkil etilgan Davlat хizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Davlat fuqarolik хizmatchilari malakasini oshirish markazi ochiladi. Markaz ilgʻor jahon standartlari boʻyicha jihozlanadi. Bu yerda davlat хizmatchilari qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi, shuningdek yangi kompetensiyalarga oʻrgatiladi.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.