Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Agrosanoat qishloq хoʻjaligi mahsulotlari zaхiralari va ularning narхlari boʻyicha portalni ishga tushiradi

20.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 17.09.2021 yildagi “Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 574-son qarorni qabul qildi.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”da Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi, u qishloq хoʻjaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari toʻgʻrisida ma’lumotni saqlaydi, ularning narхini kuzatib borish hamda tovarlarni onlayn sotish imkonini beradi.

 

Quyidagilar elektron portalning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi: 

  • ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning real vaqt rejimida monitoringini yuritish;
  • asosiy turdagi qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narхlari boʻyicha ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish;
  • ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini doimiy baholash;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va elektron savdolarni tashkil etish.

 

Elektron portal 2021 yil 1 oktyabrdan 1 dekabrga qadar test rejimida ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq ishga tushiriladi.

 

Shu bilan bir qatorda, shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq “Ye-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlik sub’yekti tomonidan savdo oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.