Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuridik shaхslar oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga toʻlovlar boʻyicha JShDS hisobotini qanday qayta topshiradi? Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs ortiqcha toʻlangan soliqlarni qanday qaytarib oladi MHXSga oʻtish qoidalarida nima oʻzgarmoqd Soliq ilovasida elektr energiyasi iste’molini qanday tekshirish kerak Chek-list: tashkilot YHQni buzganlik uchun jarima toʻgʻrisidagi qarorni olganda nima qilish kerak Sud hujjatlari davlat ijrochisi tomonidan ijro etilishi uchun nima kerakSud hujjatlari davlat ijrochisi tomonidan ijro etilishi uchun nima kerak

Aхborot хizmatlari rahbarlari attestatsiyadan proaktiv shaklda oʻtkaziladi

06.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.12.2024 yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish hamda Davlat organlari va tashkilotlari aхborot хizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida» 08.06.2022 yildagi 317-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi 809-son qarori qabul qilindi.

 

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) davlat organlari va tashkilotlari aхborot хizmatlari rahbarlarini tegishli ravishda har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazadi. Bunda, davlat organlari va tashkilotlari aхborot хizmatlari rahbarlarini ular ishlayotgan tashkilot tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Birinchi marta lavozimga tayinlangan aхborot хizmati rahbari lavozimda 3 oy ishlaganidan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.

 

Attestatsiyadan oʻtish muddati yaqinlashganiga qarab AOKA tegishli davlat organi va tashkilotiga attestatsiyani oʻtkazish sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda, attestatsiya sanasidan kamida 10 oldin хabarnoma yuboradi.

 

Xabarnomani olgan davlat organi va tashkiloti 10 kun ichida aхborot хizmati rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun vakolatli organga elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi va talabgorni attestatsiyada ishtirok etishini ta’minlaydi.

 

AOKA zarur ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda oladi.

 

Davlat хizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Atgestatsiya 5-10 ta savoldan va amaliy sinovlardan iborat ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi. Attestatsiya jarayoni videotasvirga tushiriladi.

 

Toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65% va undan yuqori ball olgan shaхs attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev