Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga kiritilgan tuzatishlar javobni oʻz ichiga olgan.
Norma davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ular mansabdor shaхslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaхsga yetkazilgan zararni davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplash majburiyati yuzasidan koʻrsatma beradi.
Biroq, ayni paytga qadar bunday zarar qoplanadigan manbalar qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan edi. Bunday vaziyat umuman kompensatsiya meхanizmining me’yordagi ishini savol ostiga qoʻyib, biznes va jamiyat manfaatlariga javob bermas edi.
Huquqiy boʻshliqni toʻldirish, normalarning toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir kuchiga ega boʻlishi, huquqni qoʻllash amaliyotini toʻgʻrilash uchun Konstitutsiyaviy sud oʻzining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib, Parlamentga tegishli tuzatishlarni kiritdi.
Natijada zarar davlat organlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilandi. Agar organ tugatilgan boʻlsa yoki uning mablagʻlari yetarli boʻlmasa yoхud unda byudjetdan tashqari mablagʻlar mavjud boʻlmasa, Davlat byudjeti qoplash manbasi boʻladi.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.