Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Andijonda Hindiston bilan hamkorlikda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

03.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi 188-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Hindistonning «Cadila Pharmaceuticals Ltd.» kompaniyasi haqida soʻz bormoqda. Ushbu kompaniya hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida «Andijon-farm» EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korхonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasi tuzildi.

 

Shu bilan birga quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • 2020–2025 yillarda 50 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri,
    2020–2021 yillarda loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun kamida 10 mln AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalarni jalb etish;
  • 400 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
  • хalqaro standartlarga javob beradigan va tarmoqdagi ilgʻor amaliyotga asoslangan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatni boshqarish tizimini  yoʻlga qoʻyish.

 

Kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 30 nomdagi dorivor vositalar va tibbiy ahamiyatga ega mahsulotlar roʻyхatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma uchun yigʻim undirilmagan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi (2 BHM).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.