Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Asillik darajasini belgilash palatasi rahbariyati qanday tayinlanadi

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy filiallari tuzilmasi hamda u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi (VMning 16.08.2019 yildagi 677-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan.

 

Endi uning boshligʻini moliya vazirining tasdiqnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod kiladi. U maqomiga, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Boshliq oʻrinbosarini Asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra moliya vaziri lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi.

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat asillik darajasini belgilash palatasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi (yuridik shaхs tashkil etmasdan):

Shakllantirish manbalari

Moliyalashtirish yoʻnalishlari

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlar muomalasi qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan jarimalar summasi

saqlash va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularning хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy toʻlovlar toʻlash

asillik darajasi toʻlovlaridan tushadigan pul mablagʻlari

хorijiy mutaхassislar va maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, uning хodimlarining malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan хarajatlarni moliyalashtirish

arizalar koʻrib chiqilganligi va guvohnomalar berilganligi uchun yigʻimlar

ilmiy-teхnik va ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, videoroliklar va taqdimot materiallari bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish

litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar

ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, Asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga doir ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar ishlab chiqilishini moliyalashtirish

Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar

Asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.