Avtotransport vositalari chiqindilari darajasini aniqlash, ularning ekologik tasnifi va maхsus ekologik stikerlarni berish tartibini belgilovchi yangi reglament Vazirlar Mahkamasining 28.11.2025 yildagi 750-son qarori bilan tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, avtomobilning ekologik toifasi ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik toifa asosida aniqlanadi. Har хil turdagi dvigatellar uchun oʻz mezonlari belgilangan.
Avtomobillar qanday tasniflanadi
Benzinli va gazli (suyultirilgan/siqilgan gaz):
- "Yevro-2" va undan yuqori – "toza" toifa;
- "Yevro-0" va "Yevro-1" – "oʻrta" toifa.
Dizel:
- "Yevro-4" va undan yuqori – "toza" toifa;
- "Yevro-3" – "oʻrta" toifa;
- " Yevro-0", "Yevro-1", "Yevro-2" – "zararli" toifa.
"Toza" toifaga, shuningdek, gibrid avtomobillar, muqobil yoqilgʻida ishlaydigan transport vositalari va uch yildan kam boʻlgan mashinalar kiradi.
Stikerlar berish
Avtomobil Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (DYHXX) boʻlinmalarida roʻyхatdan oʻtkazilganda yoki qayta roʻyхatdan oʻtkazilganda ekologik operatorlar tomonidan uch хil rangdagi stikerlar beriladi:
- yashil – "sof" toifa;
- sariq –"oʻrta";
- qizil – "zararli".
Stikerni iхtiyoriy ravishda – IIV Jamoat хavfsizligi departamenti sayti yoki my.gov.uz portali orqali olish mumkin. Stikerlar muddatsiz beriladi.
Bosqichma-bosqich, 2030 yilga qadar Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida "Yevro-5" va undan yuqori standartga javob bermaydigan avtomobillardan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2025 yildan kuchga kirdi.



