Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim mahsulotlarni realizatsiya qilish va olib kirish QQSdan ozod qilindi

26.10.2021

Rus tilida oʻqish

25.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-725-son Qonun qabul qilindi.

 

Soliq kodeksining 483-moddasi 9-qism bilan toʻldirildi, unga muvofiq 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar va respublika hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi:

  • goʻsht (mol, qoʻy, tovuq);
  • tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari;
  • kartoshka;
  • muzlatilgan baliq.

 

Qonun u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Uning qoidalari 2021 yil 10 oktyabrdan boshlab yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 26.10.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.