Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baliq ovlovchilar suv havzalari ijarasi uchun qancha toʻlaydilar

20.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Baliq ovlash хoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (VMning 15.05.2019 yildagi 403-son qaroriga qarang). Ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

                                  

Oʻzgartirishlarga muvofiq, bir gektar tabiiy suv havzasining oʻrtacha mahsuldorligi oʻzgarmas koeffitsiyent – 10 kg tarzida belgilanmoqda. Shu munosabat bilan baliq ovlash хoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan ijara haqi toʻlovini hisoblashda suv havzalari uchastkalari mahsuldorligiga bogʻliq holda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori oʻzgaradi. Quyidagi formulalar boʻyicha hisoblash zarur boʻladi:

 

Mahsuldorlik

(ga/kg)

EKIH

(%da)

Ijara haqini hisoblash formulasi

EKIH = 202 730 soʻmdan kelib chiqilganda ijara haqining miqdori

(soʻm)

10 gacha

100,0

(10 х 1 х 100% EKIH / 100)

20 273

10,1 dan – 30 gacha

90,0

(10 х 1 х 90% EKIH / 100)

18 246

30,1 dan – 50 gacha

80,0

(10 х 1 х 80% EKIH / 100)

16 218

50,1 dan – 70 gacha

70,0

(10 х 1 х 70% EKIH / 100)

14 191

70,1 dan – 80 gacha

60,0

(10 х 1 х 60% EKIH / 100)

12 163

80,1 dan – 90 gacha

50,0

(10 х 1 х 50% EKIH / 100)

10 136

90,1 dan – 100 gacha

40,0

(10 х 1 х 40% EKIH / 100)

8 109

100,1 dan yuqori

30,0

(10 х 1 х 30% EKIH / 100)

6 081

 

EKIH miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Anvar Irkaхodjayev.