Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Banklar qarzdorlik hisobiga balansga olingan mol-mulklarni oʻzlari sotishadi

21.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.04.2025 yildagi "Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-142-son qarori qabul qilindi.

 

2025 yil 1 maydan boshlab ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklar va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalari auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni oʻzlari sotish huquqiga ega. Ular shuningdek bunday mol-mulkni kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki lizing shartnomalari orqali sotishlari mumkin.

 

Tijorat banklari qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, teхnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali toʻхtab qolgan ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqiga ham ega.

 

2025 yil 1 sentyabrdan da’vo arizasi boʻyicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi quyidagilarni tashkil etadi:

  • yuridik shaхslarga nisbatan – BHMning 150 baravarigacha;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – BHMning 100 baravarigacha;
  • jismoniy shaхslarga nisbatan – BHMning 50 baravarigacha.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2025 yildan kuchga kirdi.