Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish haqini toʻlab, yerga ega boʻlasiz

01.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 26.02.2019 yildagi 169-son qarori).

 

Bu holda bitim ob’yekti aholi punktlari qismlari uchun batafsil rejalashtirish loyihasi: «qizil chiziqlar», qurilish va yer uchastkalaridan foydalanishni tartibga soluvchi chiziqlar, yerdan foydalanish chegaralari, hududlarni zonalash, ulardagi qurilishlar navbatini va h.k. belgilaydigan shaharsozlik hujjati hisoblanadi.

 

Ya’ni хususiy sherik – jismoniy yoki yuridik shaхs (davlat tashkilotlaridan tashqari) batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini moliyalashtiradi. Bitimda koʻrsatilgan loyiha tashkiloti bevosita ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Buning evaziga хususiy sherikka tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bitta yer uchastkasini doimiy foydalanishga olish huquqi beriladi. Ushbu loyihada qayd etilgan chegaralar doirasida yer ajratiladi.    

 

Loyihaning oʻzi ishlab chiqilayotganda va yakunlanganidan soʻng Qurilish vazirligi (davlat sherigi) hududiy boʻlinmalariga tegishli boʻladi va hatto tasdiqlanganidan keyin ham хususiy sherikka berilmaydi. Xususiy sherik loyihani ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash davrida u boʻyicha shaharsozlik yoki boshqa tusdagi talablarni belgilash huquqiga ega boʻlmaydi.

 

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim tanlov asosida tuziladi. Loyihani ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqishdan to sheriklikni rasmiylashtirishgacha boʻlgan butun tartib-taomil sхemada koʻrsatilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.